AsosiyJamiyat

SOLIQ QO`MITASI MOL-MULK SOLIG`I BO`YIChA 2017 YIL UChUN BELGILANGAN STAVKALARNI E`LON QILDI

'SOLIQ QO`MITASI MOL-MULK SOLIG`I BO`YIChA 2017 YIL UChUN BELGILANGAN STAVKALARNI E`LON QILDI'ning rasmi

Prezidentining 2016 yil 27 dekabrda “O`zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq 2017 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mol-mulkning inventarizasiya qiymatiga nisbatan 1,7 foiz (2016 yilda 1,5 foiz bo`lgan) miqdorida belgilandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining rasmiy saytida xabar berildi.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo`yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo`lgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foizdan 2,1 foizgacha, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bo`lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,5 dan 2,9 foizga oshirildi.
Bundan tashqari, 2017 yil 1 yanvardan boshlab boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq bo`lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari – 2,1 foiz (2016 yilda 1,8 foiz) miqdorida belgilandi.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr hujjatlaridagi inventarizasiya qiymatidan kelib chiqib, lekin 3 mln. so`mdan kam bo`lmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati bo`lmaganda, soliqni undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20328,0 ming so`m miqdorida, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8833,0 ming so`m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilindi.
Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqni ro`yxatga oluvchi organlarda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo`yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida undiriladi.
Jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va er soliqlari jismoniy shaxslar tomonidan soliq davri uchun hisobot yilining 15 oktyabriga qadar to`lanadi.

Eslatib o`tish joizki, Soliq kodeksining 120-moddasiga asosan, belgilangan muddatdan kechiktirib to`langan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblanadi.LDI

    Boshqa yangiliklar