1

​IIBB TOShKENTNING «KRIMINAL AVTORITET» NOMIGA DA`VOGARNI QO`LGA OLDI

Jinoyat 29.09.2017, 11:26
​IIBB TOShKENTNING «KRIMINAL AVTORITET» NOMIGA DA`VOGARNI QO`LGA OLDI

Toshkent IIBB xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari ma`lumotlariga ko`ra, poytaxtning «kriminal avtoriteti» maqomiga da`vogarlik qilayotgan Abbosxon Xodjaev qo`lga olindi.

Ushbu ma`lumot 28 sentyabr kuni bo`lib o`tgan brifingda IIBB boshlig`i o`rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig`i Doniyor Toshxo`jaev tomonidan tasdiqlandi, deb yozadi “Gazeta.uz” nashri.

«Uning jinoiy guruh tashkil etib, avtoritet maqomini qo`lga kiritish uchun harakat qilgani to`g`risidagi axborot tasdig`ini topmoqda, — dedi Doniyor Toshxodjaev. — Tezkor kuchlar tomonidan mazkur urinish bartaraf etildi. U hibsga olindi, sheriklari aniqlanmoqda».

Abbosxon Xodjaevga nisbatan giyohvand moddalarni saqlash aybi e`lon qilindi (O`zbekiston Jinoyat kodeksi 273-moddasi (5-qismi) — giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish).

«Ishontirib aytishim mumkinki, hech kimning qonundan ustun bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi. Konstitusiya, Jinoyat-prosessual kodeks, normativ hujjatlar, hokimiyat, huquqni muhofaza qilish organlari bor. Bu erda «ko`cha"ga o`rin yo`q. Har qanday urinish keskin bartaraf etiladi», — dedi Doniyor Toshxodjaev.

IIBB sayti 13 sentyabrda Abbosxon Xodjaevning qo`lga olinganini xabar qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1