29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:50 da O`zbekistonning sharqiy hududlarida er silkinishi qayd etildi.
Evropa—O`rta er dengizi seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila magnitudasi 5,1 ni tashkil qildi.
«Toshkent» seysmostansiyasi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila epimarkazi O`zbekiston hududida Toshkentdan 233 km uzoqlikda, Jizzaxdan 40 km janubi-sharqiy yo`nalishida bo`lgan.
Toshkentda zilzila kuchi 4 ball, Samarqandda - 4 ball va Jizzaxda - 5 ballni tashkil qildi. O`zbekistonning boshqa hududlarida seysmofaollik sezilmadi.