1

MARHUM ​JASURBEK IBROHIMOV IShI BO`YIChA AYBLANUVChI JANJAL TAFSILOTLARINI AYTIB BERDI

Jinoyat 30.09.2017, 14:06
Teglar: Jinoyat
MARHUM ​JASURBEK IBROHIMOV IShI BO`YIChA AYBLANUVChI JANJAL TAFSILOTLARINI AYTIB BERDI

29 sentyabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumani jinoyat ishlari bo`yicha sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-kurs o`quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o`limi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo`lib o`tdi.

Unda sudlanuvchi To`laganov Islomning ko`rsatmalari tinglandi. U 3 may kuni marhum Jasurbek bilan bo`lgan janjal tafsilotlarini aytib berdi.

Sudya sudlanuvchidan “Dastlabki tergovda bergan ko`rsatmalaringizni tasdiqlaysizmi?” deb so`radi. Sudlanuvchi “ha” deya javob berdi. “Jasurbekka avvaldan g`arazingiz bo`lganmi” degan savolga u “yo`q” deya bo`lgan voqeani so`zlab berdi.

“2016 yil noyabr oyida Ibragimov Jasurbek bilan tanishganman. Jasurbek menga anchadan beri boksga borishini, travma olganini, ko`z kosasi chiqib, satreseniya olganini aytgan. Shu gapdan keyin bir-birimiz bilan salom aligimiz bor edi.

2017 yil 2 may kuni o`qishga kelayotganimda 3-bosqichda o`qiydigan Abdullaev Dilshodbek Ibragimov Jasurbek bilan gaplashib turishgan ekan, men oldilaridan so`rashib, “tinchlikmi” deb so`radim. Abdullaev Dilshodbek uning singlisiga marhum Jasurbek gap otib, SMS yozib yurganini aytdi. Keyin men Dilshodbek akamga Jasurbek bilan urushmasligini, u avval travma olganligini aytdim. Keyin biz “beshni olib” o`qishga kirib ketdik.

O`qishda bir birimizni ko`rdik, u indamadi. 3 may kuni taxminan soat 2 larda men darsdan xojatxonaga chiqdim. Xojatxonadan qaytayotganda men Jasurbek, Temur va Begzodlarni ko`rdim. Ular bilan so`rashib, salom-alik qildik. Keyin Jasurbek mendan nega kasal deb aytganimni so`radi. Men unga 2016 yilda bu haqda o`zi aytganini aytdim.

Keyin u menga chetga chiqishimizni, kollejning chiqindi tashlaydigan joyiga o`tishimizni aytdi. Keyin biz Temur, Begzod va Jasurbeklar bilan u erga bordik. U menga yana shu savolni berdi, men unga tushuntirmoqchi bo`layotgan paytim u to`satdan mushti bilan chap yuzimga urib qoldi.

Men unga qarab “dovolno” dedimda ketdim. Urushganimiz yo`q, urganim yo`q, chunki travmasi borligini bilardim. Keyin korpusimga kirib ketayotganimda, u “ko`chaga chiq sen bilan birga-bir urushaman” dedi. Men e`tibor qilmasdan ichkariga kirib ketaverdim. Xonamga ketayotganimda orqamdan Jasurbekning kursdoshi Sobirov Begzod kelib, ko`chaga chiqishimni, Jasurbekning gapi borligini aytdi.

Keyin xonamga kirdim, sumkamni qo`yib, ko`chaga chiqdim. Ko`chada 4 nafar bola turgandi: Bayzatov Temur, Jasurbek, 3-bosqich talabasi Hurmatbek va To`xtaev Temur. Keyin Temurbek mendan nima bo`lganini so`radi, men bo`lgan voqeani aytib berdim. U “hech narsa bo`lmagan ekanku, bitta kollejda o`qiysizlar, besh tashashlaring” dedi. Keyin Jasurbek men birinchi urib qo`ydim, endi urushaman deb turvoldi.

Keyin Temur akaga qarab, men urushmiman uni travmasi borligini bilaman dedim. Jasurbek “xop, urushmimiz gaplashib olamiz” chetda dedi. Keyin sekin 145-maktab tomonga borib, maktabni orqasidagi garajlar tomonga o`tdik. U erda Jasurbek ko`ylagini keyin maykasini echdi va urushishni boshladi. Menga qarab hujum qilayotganda men “blok” qildim (qo`llarim bilan yuzimni to`sdim). Keyin qo`limni tushirganimda, qo`limning og`rig`ini sezdim, keyin u orqamga o`tib, “zaxvat” qildi. Shunda men uning ustiga yiqilib tushdim, u meni tagimda qolib ketdi. Keyin erda dumaladik. 3-kurs talabasi Hurmatbek bizlarni ajratib yubordi, meni itarib, ket deb, keyin men u erdan ketib, ko`ylagimni echib, ustimni qoqayotganimda orqamdan O`lmas ismli o`rtog`im baqirib qoldi, orqamdan qarasam Jasurbek yugurib kelayotgan ekan, yalang`och holatda, men qo`rqqanimdan oyog`imni ko`tarib qoldim, oyog`im qorniga tegdi, keyin u yiqildi erga. Keyin o`rnidan turib, yo`lni yuziga chiqdik. Hurmatbek suv olib keldi Jasurbekni burni, chap qoshini tepasidan qon oqayotgan edi. Keyin suv bilan yuvindi. U erda qandaydir korxona bor ekan, o`sha erda ishlaydigan 2 ta qiz chaqirdi va Jasurbek bilan Begzod kirib ketishdi. Burnidan paxta tiqib chiqishdi. Keyin Hurmatbek “hammasi yaxshimi travmatologiyaga boramizmi” deb so`radi. Jasurbek hammasi yaxshiligini aytdi. Men ham so`radim, keyin “besh tashlashdik” va u erdan ketdik. “Korzinka” tomonga yurdik. Begzod bilan Jasur o`sha erda qoldi. Temurga qarab “xonamga sumkamni olib chiqib ber” dedi. Keyin bizlar Hurmatbek, Temur va O`lmas o`qishga qaytdik.

O`qishga kirganimda xonamga bordim, xonada dars tugabdi. Oshxonaga bordim, u erga Temur bilan Begzod keldi. Temurga qo`ng`iroq qil dedim, u qo`ng`iroq qilib, Jasurdan hol ahvol so`radi, u hammasi yaxshiligini, hozir uxlashga yotishini aytdi. Shu bilan men o`qishdan uyga ketdim.

Ertasi ertalab dekanim telefon qildi va o`qishga etib kelishimni aytdi. O`qishga borib, dekanni xonasiga kirdim. Keyin menga Jasur reanimasiyaga tushganini aytishdi. Shundan so`ng 1 soatdan keyin Mirobod IIB xodimlari kelishdi, barcha u erda bo`lganlarni olib ketishdi. Onamga qo`ng`iroq qilib chaqirdim. IIBda bizni so`roq qilishdi, bo`lgan voqeani aytib berdim. Qo`limga ruchka qog`oz berishdi, men qo`lim travma bo`lgani uchun yozolmasligimni aytdim, o`rnimga onam yozib berdi. Keyin 14-kasalxonaga bordik. Jasurni ahvoli og`ir ekan. Dekan, kurator va Jasurning onasi o`sha erda edi. Keyin ko`chaga chiqib, adamga telefon qildim. Ular etib keldilar. Dadam bilan reanimasiyaga Jasurbekni oldiga kirib chiqdik. Jasurbek biz bilan ko`rishdi va adamga qarab, “yaxshi bo`ladi, yaxshi bo`lib ketaman” dedi. Keyin u erdan chiqib ketdik. Ertasi, 5 may kuni kirib, dadam bilan soat 10 larda bolnisaga bordik. Adam o`qishga borishimni, o`zlari esa Jasurbekni MRTga olib borishlarini aytdilar.

Kechki payt adam bilan bolnisaga bordik, Jasurni soat 20-21 da operasiyaga olib kirib ketishibdi. U erdan yana uyga ketdim. 12 larda operasiya tugadi. Ota-onam kelib Jasurning ahvoli og`irligini aytishdi. Jasurbek tuzalishi uchun qo`ldan kelgancha harakat qildik.”

Sudga raislik qiluvchi Matchonov Islom To`laganovga ayrim jihatlarga oydinlik kirituvchi savollar berdi. Shulardan biri ayblanuvchining Turkiyaga borib kelgani haqida bo`ldi.

Tergov davomida To`laganov o`zidagi asabiylikni yo`qotish maqsadida uchib ketganligini ma`lum qilgan.

“1 iyun kuni soat 7 larda Turkiyaga jo`nab ketdim. U erda opacham bor xabar olib ketishga ketgandim. 5 kunga borib kelishim kerak edi.”

Islom janjal 2 daqiqa davom etganligini aytdi.

O`sha payt atrofingizdagilar nima qilishdi degan savolga ular ajratishga ulgurishmaganligini ma`lum qildi.

Tashabbus kimdan chiqqanligi haqidagi savolga bir necha bor “bilmadim” deya javob berdi.

Jabrlanuvchining advokati sudlanuvchidan vazni va bo`yi haqida so`radi. To`laganovning javobi "bo`yim 178, vaznim 86."

Advokatning sudlanuvchining olgan tan jarohatlar haqidagi savolga To`laganov o`zi satreseniya olganini va 7 may kuni "Jukovskiy" bolnisasiga murojaat qilganini aytdi. U boshini rentgen, singan barmog`ini gips qildirganini hamda "Rublyovka" tomondagi kasalxonada 12 dan 20 maygacha, 8 kun yotib chiqqanini ma`lum qildi.

Jasurbek Ibrohimov o`limi yuzasidan ilk sud eshituvi 26 sentyabr kuni bo`lib, unda marhumning onasi jabrlanuvchi Nilufar Alimova ko`rsatma bergandi.

Eslatib o`tamiz, To`laganov Islombek O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) alomatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sud keyingi majlisni 2 oktyabr kuniga belgiladi. Unda guvohlarning ko`rsatmalari tinglanadi.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

10.08.2021, 16:44

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1