O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta`lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 30 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq Xalq ta`limi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli ta`lim-tarbiyasini tashkil etish va ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish vazifalari yangi tuzilgan Maktabgacha ta`lim vazirligi zimmasiga yuklatildi.
Vazirlik strukturasiga Qoralpog`iston Respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta`lim bosh boshqarmasi, shuningdek, viloyat boshqarmalari hamda ularning tuman va shaharlardagi bo`linmalari kiradi.
Yangi vazirlikning asosiy vazifalari sifatida mamlakatda o`zaro raqobatdosh davlat va nodavlat MTMlar tarmog`ini yaratish orqali bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalari bilan qamrab olinish hajmini oshirish, shuningdek, amaliyotga maktabgacha ta`lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil vositalarini joriy etish.
Zamonaviy texnologiyalar va metodlar yordamida rahbarlar va pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash, shuningdek, bolalarga g`amxo`rlik qilish uchun munosib sharoitlar yaratish ko`zda tutilgan.