AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA YaGONA O`QUVChI FORMASI YaNGI YILDAN JORIY QILINADI

'O`ZBEKISTONDA YaGONA O`QUVChI FORMASI YaNGI YILDAN JORIY QILINADI'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv chog`ida ma`lum qildi.

— Prezidentimiz ta`kilaganlaridek, birinchi navbatda maktab formasining bir xilda bo`lishi o`quvchilar o`rtasidagi tenglikni ta`minlaydi, — dedi vazir. — O`quvchi bilan talaba kiyimi bilan ham bir-biridan farq qilishi kerak. Forma borasidagi taklifimizni ota-onalar ham yaxshi qabul qilishdi. Shu paytga qadar ham maktab o`quvchilarning o`z formalari bor edi. Lekin bu turli maktablarda turlicha edi. Hozirda bir qancha dizaynerlar bu masala ustida ish olib borishmoqda. Yaqinda bu kiyimlar ota-onalar va pedagoglar muhokamasiga qo`yiladi. Yanvardan boshlab do`konlarga tarqatiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar