1

​​JASURBEK IBROHIMOV IShI BO`YIChA GUVOHLARNING KO`RSATMALARIDA TAFOVUT YuZAGA KELDI

Jamiyat 04.10.2017, 13:17
Teglar: Sud
​​JASURBEK IBROHIMOV IShI BO`YIChA GUVOHLARNING KO`RSATMALARIDA TAFOVUT YuZAGA KELDI

2017 yil 2 oktyabr kuni Toshkent shahar Mirobod tuman Jinoyat ishlar bo`yicha sudida P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimovning o`limi yuzasidan o`tkazilayotgan sud majlisining 3-eshituvi bo`lib o`tdi.

Unda sud majlisi raisi sudya Matchonboy Matchonov, davlat ayblovchisi Akromov, sudlanuvchi va uning advokati, jabrlanuvchi Nilufar Alieva hamda uning advokati Lola Ismoilovalar ishtirok etishdi.

Sudning 3-kunida mazkur jinoyat ishida guvoh sifatida qatnashayotgan, Borovskiy kollejining 3-bosqich talabalari 1999 yilda tug`ilgan Bayzitov Timur hamda 1999 yil Sobirov Begzodlarning ko`rsatmalari tinglandi.

Guvoh Bayzitov Timurning ko`rsatmasidan (tah. ko`rsatma rus tilida berildi):

"3 may kuni 2-"para"da, chamasi soat 2 larda chiqindi tashlagani chiqdim. Sobirov Begzod bilan Ibragimov Jasur ketimdan chiqishdi. Islomni ko`rib, so`rashdik, keyin Jasur unga gaplashib olamiz dedi. Ular yana o`sha chiqindi tashlash joyiga qaytishdi. Biz ularning ortidan bordik. O`zbek tilida suxbatlashishdi. Gapning o`rtasida Jasur Islomga qo`l ko`tardi. Keyin ular ko`chaga chiqib gaplashib olishga kelishishdi. Men Jasurning Begzod esa Islomning ketidan bordi. Jasurning ortidan borganimda 3-kursdagi Hurmat va Temurlarni ko`rdim. Men ulardan janjalni oldini olishlarini iltimos qildim. Keyin biz Jasurning ketidan bordik. Ular o`zbek tilida gaplashishdi. Men ularga kelinglar hammasini bosdi-bosdi qilamiz dedim. Keyin Islom, Begzod va O`lmas chiqishdi. Hammamiz yo`l-yo`lakay ketayotib, ularni janjallashmasligini muhokama qildik. Jasur esa “yo`q, u o`zining so`zlari uchun javob bersin!” dedi o`zbek tilida. Keyin biz 145-maktabning orqasiga keldik. Ular ikkisi ham ustki kiymini echib, “stoyka”ga turishdi. Keyin ular urishishni boshlashdi. Ularni ajratishdi, lekin ular yana bir-biriga tashlanib ketdi. Ular yiqilganda O`lmas ular tarafga yura boshladi. Men O`lmas ham aralashib ketmasligi uchun uni quchoqlab oldim. Mening orqamda Begzod turgandi, u O`lmasni o`tib ketmasligi uchun uni qo`li bilan to`sdi. Keyin men o`zim ularni ajratdim va Islomni chetga itarib yubordim. Shundan so`ng urush to`xtadi, Hurmat Jasurni turgazdi, Jasurning burnidan qon oqayotgandi, Hurmat suv olib kelgani yugurib ketdi, biz ketishni boshladik. Islom Jasurga dastro`mol berdi burnidagi qonni to`xtatish uchun. Biz o`sha erda ishlaydigan qizlardan Jasurning yuvinib olishi uchun ruxsat so`radik. Begzod Jasur bilan ichkariga kirib ketdi. Hurmat suv olib keldi, biz Jasurning egnini qoqishvordik. Keyin Begzod bilan Jasur travmatologiyaga borishlari kerak edi. Islom va Jasur bir-birlariga "besh tashlashib" hayrlashishdi. Biz kollejga ketdik, Jasur bilan Begzod travmatologiyaga qarab ketishdi. Kollejga kelganimda menga qo`ng`iroq qilib, “Korzinka”ning oldiga portfelni olib kelishimni so`rashdi. Men portfelni olib ular tomonga bordim. Men borganimda Jasurning burnidan yana qon ketdi. Men Begzod yo`qligida Jasurdan uning ahvoli haqida so`radim, u esa qorni og`riyotgani sababli hojatxonaga bormoqchiligini aytdi. “Uxlab tursam o`zimga kelaman” dedi menga. Biz uni yana yuvintirib, taksi to`xtatdik. Taksiga o`tkizayotganda unga uyga borib menga qo`ng`iroq qilishini iltimos qildim. Men Kollejga qaytdim va 15 daqiqa va yarim soatdan keyin unga ikki marta o`zim qo`ng`iroq qildim. U go`shakni ko`tarib, ahvoli yaxshiligini aytdi. Shundan so`ng men yana bir necha bor unga qo`ng`iroq qildim, u go`shakni ko`tarmadi, men u uxlashga yotdi deb o`yladim".

Guvoh Sobirov Behzodning ko`rsatmasidan:

"3 may kuni men, Temur va Jasur "para"ning ohirida darsdan ruxsat so`rab chiqdik.

Janjalning tashabbusi Jasurdan chiqdi. «Chiqindi tashlash joyida Jasur kutilmaganda Islomga qo`l ko`tardi. Islom sinf tomonga qarab ketayotganida esa Jasur “ko`chaga chiq gaplashib olamiz”, dedi. Islom esa qo`lidagi sumkasini tashlab chiqishini aytdi. Men ularga urushmalaring to`g`ri yo`l bilan gaplashib ollaring dedim. Islom urushmayman gaplashvolaman dedi. Ko`chada bizni Jasur, Temur va Hurmat kutayotgan edi. Oldini olishga, bosdi-bosdi qilishga harakat qildik. Yo`lma-yo`l maktabga borib qoldik.

Maktabni oldida Jasur Islom bilan urushaman deb harakat qildi. Ular urushib ketdi. Bir daqiqadan so`ng ikkisi yiqildi. Hurmat bilan Temur ajratishdi, ular yana urushib ketishdi. Keyin o`sha erdagi devor orqasiga o`tib ketishdi. Biz ko`rmay qoldik, borgunimizcha urushib bo`lishdi. Burnidan qon oqayotgan edi. Keyin ular bir-biridan adovati yo`qligi, do`st bo`lib qolishlari haqida kelishib olishdi va yarashvolishdi.

Bu yoqqa o`tib qarasam qornida iz bor ekan, "qaerdan bu iz?" desam, "yugurib kelayotganimda Islom qornimga tepib qoldi" – dedi Jasur. Kasalxonaga boraylik desam, yo`q qornim og`riyapti hojatxonaga kirgim kelyapti dedi. Kollejga qaytib keldik. Temurga telefon qilib ko`r dedim.

Ertasi kuni bilsak reanimasiyaga tushib qolibdi".

Ikki guvohning ko`rsatmasidan so`ng, sud raisi, prokuror, sudlanuvchi va jabrlanuvchi advokatlari o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan guvohlarga murojaat qilishdi.

Aytish joizki, ikki guvohning ko`rsatmalarida tafovutlar mavjud.

Guvohlar ko`rsatmalarida janjaldan so`ng kollej rahbariyati uch-to`rt kun o`tgach majlis o`tkazganliklarini aytishdi, vaholanki protokolda yig`ilish 4 may kuni o`tkazlgani qayd etilgan.

Guvohlar va sudlanuvchilarni birgalikda so`roq qilganda sudya To`laganov Islomdan "guvohlarning ko`rsatmalarini tasdiqlaysizmi, savolingiz yo`qmi?" deb so`radi.

Sudlanuvchi “Ha tasdiqlayman, savolim yo`q” degan javobni berdi. Sudya qanday qilib tasdiqlaysiz, ahir ikkisi ikki xil ko`rsatma berdi-ku, dedi. Keyin To`laganov Bayzitov Temurning ayrim ko`rsatmalarini tasdiqlamasligini aytib o`tdi. "Ko`chaga chiqib gaplashib olishni Islom taklif qilmaganini" va "ikki marta yiqilishgani" degan joyini tasdiqlamasligini aytdi.

Bunga javoban esa Temur, o`zbek tilini tushunmasligini va tashabbus kimdan chiqqanligini tushunmay qolgan bo`lishi mumkinligini ma`lum qildi. Yiqilishiga kelsak, birinchi ikkisi va keyin Jasurning o`zi yiqilganini aytdi.

Darvoqe guvoh va sudlanuvchining ko`rsatmalarida ham “bir kunlik” tafovut mavjud. Guvohlar barcha voqealar 3 may kuni bo`lib o`tganini aytayotgan bo`lsa, sudlanuvchi kollejdagi mojaro 2 may kuni, “ko`chadagisi” 3 may kuni bo`lganini ma`lum qilgan.

Navbatdagi sud majlisi 2017 yilning 5 oktyabr sanasiga belgilandi.

Sharhlar

Toshkentda 100 nafar odamni aldab, 55 nafarini xorijga yuborgan jinoiy guruhga sud hukmi o`qildi (video)

30.11.2022, 21:19

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 100 nafar jabrlanuvchini ishonchiga kirib, qariyb 550 million so`mni talon taroj qilgan 3 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi...
Nukus voqelari bo`yicha bo`lib o`tayotgan sudda asosiy aybdor Dauletmurat Tajimuratov Qur`oni Karimni keltirishni so`radi

28.11.2022, 12:43

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi...
Toshkentda ichimlik reklamasida behayo harakatlar qilganlar jarimaga tortildi (video)

27.10.2022, 19:44

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning behayo harakatlari aks etgan video tarqalib ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda...
Toshkentda 18 yoshli qizni bo`g`ib o`ldirgan yigit 12 yilga qamaldi (video)

18.10.2022, 13:41

Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudining ochiq sud majlisida qasddan odam o`ldirish jinoyatini sodir etganlikda ayblangan, 1999 yilda tug`ilgan jinoyatchi oid sud ishi ko`rib chiqildi,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1