AsosiyJamiyat

​SENATORLAR: «GUMON QILINUVChI, AYBLANUVChI, SUDLANUVChI VA MAHKUMGA TEGIShLI BO`LMAGAN JINOYaT QUROLI MUSODARA QILINMAYDI»

'​SENATORLAR: «GUMON QILINUVChI, AYBLANUVChI, SUDLANUVChI VA MAHKUMGA TEGIShLI BO`LMAGAN JINOYaT QUROLI MUSODARA QILINMAYDI»'ning rasmi

2017 yil 4 oktyabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n ikkinchi yalpi majlisi bo`lib o`tdi. Majlis ishida Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a`zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N.Yo`ldoshev boshqardi.


Cenatorlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunni ko`rib chiqdilar. Xususan, qonun bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga o`zgartishlar kiritilmoqda. Unga ko`ra, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo`lmagan va jinoyat quroli hisoblangan ashyo musodara qilinishiga yo`l qo`yilmaydi va bunday ashyo qonuniy egalariga qaytarib berilishi lozim. Mazkur yangi norma yuqorida ko`rsatilgan shaxslarning mulk huquqini himoya qilishga qaratilgan.

O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga ham xuddi shunday o`zgartishlar kiritildi. O`zgartishlarga muvofiq ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo`lgan ashyoni yoki ma`muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini, agar ular huquqbuzarning shaxsiy mulki bo`lmasa, musodara qilish mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno, deb xabar beradi Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar