AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA NIKOH TO`YIDAN OLDIN IKKI YoSh “MEXRIBONLIK UYI” TARBIYaLANUVChILARIGA EHSON UYuShTIRDI (FOTO)

'​TOShKENTDA NIKOH TO`YIDAN OLDIN IKKI YoSh “MEXRIBONLIK UYI” TARBIYaLANUVChILARIGA EHSON UYuShTIRDI (FOTO)'ning rasmi

Kuni kecha Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Shirin G`ofurova tomonidan Maslahat.uz guruhiga joylangan post internetda keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

Ma`lum bo`lishicha, Toshkentda Behzod va Dilafro`z ismli ikki yosh, nikoh tuylaridan oldin restoranda “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchi va murabbiylariga ehson dasturxoni yozib, bolalarga quvonch va sovg`a-salomlar ulashishdi.

Ikki yosh mazkur hodisani internetda yoritilishiga mutlaqo qarshi bo`lishgan, biroq post egasi bu holat boshqalarga o`rnak bo`lishi maqsadida ularni bunga ko`ndirishga muvaffaq bo`lgan.

“Bu yigitimiz Maslahat.uz guruhi a`zosi, zo`rg`a ko`ndirdim, riyo bo`lib qolmasin opa dedilar! Riyo emas, ibrat bo`lsin deb yozdik! Bu to`yga o`z hissasini qo`shgan hammaga rahmat aytdilar!”, deya o`z postini yakunlaydi Shirin G`ofurova.

Guruh a`zolari ikki yoshga baxt tilab, bunday yoshlar ko`payishiga tilak bildirishmoqda.



Boshqa yangiliklar