AsosiySPORT

“Super Chess Classic” musobaqasida Sindorov 2-turda yutqazdi.

Ruminiya poytaxti Buxarestda o‘tayotgan “Grand Chess Tour 2026” doirasidagi turnirda Javohir Sindorov hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhaga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi.

'“Super Chess Classic” musobaqasida Sindorov 2-turda yutqazdi.'ning rasmi

Ruminiya poytaxti Buxarestda oʻtayotgan “Grand Chess Tour 2026” doirasidagi “Super Chess Classic” turnirining 2-tur uchrashuvlari yakunlandi. 

Oq donalarda oʻynagan Sindorov uchrashuv davomida raqibiga qarshi kurash olib bordi, biroq partiya 42-yoʻriqda Pragnanandxaning foydasiga hal boʻldi.

Ikki turdan soʻng oʻzbekistonlik shaxmatchi 0,5 ochko bilan jadvalning quyi qismidan oʻrin olgan. U navbatdagi — 3-turda musobaqa yetakchisi, fransuz grossmeysteri Maksim Vashye-Lagrava qarshi qora donalarda oʻynaydi.

“Super Chess Classic” jahonning eng kuchli 10 nafar grossmeysterini birlashtirgan nufuzli turnirlardan biri hisoblanadi. Unda Fabiano Karuana, Anish Giri, Vinsent Kaymer, Alireza Firuzja, Uesli So, Rameshbabu Pragnanandxa, Bogdan Daniel, Maksim Vashye-Lagrav va Jordan van Forest kabi shaxmat ustalari ishtirok etmoqda.

Turnir 23-maygacha davom etadi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 475 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

Maʼlumot uchun, “Grand Chess Tour 2026”ning ilk bosqichi Varshavada oʻtkazilib, unda amerikalik Xans Niman gʻolib chiqqan edi. Javohir Sindorov oʻsha musobaqada 7-oʻrinni egallagan.

    Boshqa yangiliklar