1

Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan 150 million o`g`rilandi

Jamiyat 04.12.2013, 21:43
Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan 150 million o`g`rilandi
Rustam,Suhrob va Vohid ismli shaxslar (ismlar o`zgartirilgan) bir g`oyani amalga oshirish maqsadida Navoiy viloyatidan poytaxtga kelishgan.

Shaharda ularni asli buxorolik bo`lgan, Toshkentdagi kompaniyalardan birida ishlovchi Maftun ismli shaxs kutib olgan. Navoiylik firibgarlar Maftundan o`g`rilik qilish maqsadida boy xonadonni topib berishini so`rashgan.

“Postda” gazetasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, hech narsaga muhtoj bo`lmagan, yaxshi joyda etarlicha maosh olib ishlaydigan Maftun katta ulush evaziga bu ishga rozi bo`lgan.

Tegishli surishtiruvlar natjasida o`g`rilik Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Farhod Sh. ismli shaxsning xonadonida sodir etilgan. Ushbu xonadondan o`g`rilar tomonidan 150 million so`m miqdoridagi zargarlik buyumlari va naqd pul o`marib ketilgan.

Tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchilar o`g`irlangan buyumlarni pullayotgan paytda qo`lga olingan. 

Mazkur jinoyat yuzasidan tergov ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1