1

Rossiya samolyoti Toshkentga avariyaviy qo`nishni amalga oshirdi

Jamiyat 05.12.2013, 11:19
Rossiya samolyoti Toshkentga avariyaviy qo`nishni amalga oshirdi
4 dekabr kuni Rossiyaning Nordwind Airlines aviakompaniyasiga qarashli Boeing 767-300 yo`lovchi samolyoti  O`zbekistonga rejadan tashqari qo`nishga majbur bo`ldi.
 
Bangkokdan Ufaga uchayotgan samolyotning Toshkentga qo`nishiga dvigatellardan birining nosozligi sabab bo`ldi, bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
 
Yo`lovchilarning so`zlariga ko`ra, laynerning muammolari Bangkokdan uchgan chog`da yuz bergan. Boeing-767-300 havoga birinchi urinishda ko`tarila olmadi.
 
Havo layneri bortida 300 yo`lovchi bo`lib, ular kunni “Toshkent” aeroportining tranzit hududida o`tkazishgan. Toshkent aeroporti texnik xizmati mutaxassislari qisqa vaqt ichida nosozlikni bartaraf etishdi. Shundan so`ng samolyot chorshanba kuni kechqurun Toshkentdan parvoz qildi va payshanbaga o`tar kechasi Ufaga qo`ndi.
 
30 ga yaqin odamlar buzilgan samolyotga o`tirishga rozi bo`lishmadi va O`zbekistonda qolishdi. Ular manzillariga mustaqil ravishda etib borishga qaror qilishdi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1