Axborot xavfsizligini ta`minlash markazi Direktori Raxmatullaev Zafar Maxamadjanovichning virtual qabulxonasi ish boshladi, deya xabar beradi Markaz axborot xizmati.
Ushbu virtual qabulxona sohada faoliyat yurituvchilarning murojaat, shikoyat va takliflarini onlayn tarzda qabul qilish hamda aholini axborot xavfsizligi doirasidagi murojaatlariga javob berish ishlarini avtomatlashtirish bilan birga engillik va qulayliklar yaratish maqsadida tashkil etildi.
Ya`ni Axborot xavfsizligi sohasiga oid savollar, shikoyat, murojaat va takliflar bilan “vq.infosec.uz” havolasiga kirib, maxsus shaklni to`ldirish orqali Axborot xavfsizligini ta`minlash markazi direktoriga to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilish mumkin. Virtual qabulxona orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan.
Murojaatlar o`z vaqtida hamda ijobiy ko`rib chiqilishi uchun har bir masala alohida va tushunarli tarzda yo`llanishi maqsadga muvofiqdir. Virtual qabulxonada murojaat holatini (ko`rib chiqish jarayonida, ko`rib chiqilgan) tekshirish imkoni mavjud. Faqat murojaatni kiritish uchun shakl ommaviy oferta bilan tanishilganligi tasdiqlagandan so`ng ishga tushadi. Eng muhimi, onlayn murojaatda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Shu bilan birga, Markazning (+998 95) 170-98-97 kunu-tun ishlovchi telefon raqamiga qo`ng`iroq qilgan holda ham murojaat qilish imkoni mavjud.
Ayni vaqtda Markazda ushbu murojaatlar bilan ishlash bo`yicha ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda.