Namangan viloyati Uychi tumanida 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 22 may kuni sodir bo‘lgan. 2025 yilda tug‘ilgan bola hojatxona chuquriga tushib ketgani haqida qutqaruvchilarga xabar berilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan FVV xodimlaridan biri maxsus himoya vositalari yordamida chuqurga tushib, bolani olib chiqqan.
Shundan so‘ng chaqaloq shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.






