1

27 nafar yoshlarga yuksak mukofotlar topshirildi

Jamiyat 05.12.2013, 13:03
27 nafar yoshlarga yuksak mukofotlar topshirildi
Prezidentimizning 3 dekabrda qabul qilingan “Yuqori natijalarga erishgan bir guruh iqtidorli yoshlarni mukofotlash to`g`risida”gi farmoniga binoan poytaxtimizdagi “Turkiston” san`at saroyida Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo`shayotgan yigit-qizlarga orden, medal, faxriy unvonlar va “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
 
Farmonga muvofiq bir guruh yoshlar “O`zbekiston iftixori” va “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi” unvoni, “Do`stlik” ordeni, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
 
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashining qaroriga binoan 27 nafar yigit-qiz “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni bilan mukofotlandi.

Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan ta`sis etilgan ushbu yuksak mukofot har yili o`zining fidokorona mehnati, o`qishda, ishda, ilm-fan, ijod, madaniyat va sport sohasida erishayotgan ulkan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlarga beriladi.
 
Taqdirlash marosimi yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1