Bugun, 23 may kuni Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shaharchasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:39 da Olmazor ko‘chasida joylashgan qurilish obyektida yong‘in chiqqani haqida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, soat 13:45 da hodisa joyiga 2 ta qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Yong‘in 13:48 da o‘rab olingan va 13:54 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning yerto‘la qismida taxminan 40 kvadrat metr maydonda qurilish chiqindilari yonib zararlangan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






