1

TILLA TAQINChOQ O`G`RILARI QO`LGA TUShDI

Jinoyat 13.10.2017, 16:46
TILLA TAQINChOQ O`G`RILARI QO`LGA TUShDI

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma`lumotga ko`ra, Olmaliq shahrining Metallurglar ko`chasidagi xonadonlarning birida yashovchi fuqaro ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, noma`lum shaxs uyida hech kim yo`qligidan foydalanib, narxi taxminan 5 million 300 ming so`m bo`lgan bir dona zanjir, bir juft sirg`a, bir dona uzuk va “Samsung-5” rusumli uyali telefonini o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu jinoyatni shu shaharda yashovchi 1983 yilda tug`ilgan X.A., 1984 yilda tug`ilgan T.T. va Ohangaron tumanida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan X.Sh.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlandi. Ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1