2018/2019 o`quv yilida test jarayoni 15 kun davomida o`tkaziladi va uning javoblari imtihonning ertasiga chiqadi.
Bu haqda Uz24 nashri Davlat test markazi direktori Majid Karimovga tayanib ma`lum qildi.
“Test sinovlari shaffof va haqqoniy o`tishini ta`minlash maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish hamda abiturientlar, ota-onalarga engilliklar tug`dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. Bu bo`yicha hozirda katta ishlar olib borilyapti. Ya`ni yangi 2018/2019 o`quv yilidan boshlab, test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o`tkazish, test materiallarini abiturientlarning o`ziga berish, natijasini esa imtihonning ertasiga e`lon qilish vazifalari qo`yilgan. Shuningdek, test jarayonini katta pavilon, sport majmualarida o`tkazish, oshkoralikni ta`minlash uchun videokuzatuv hamda onlayn translyasiyalarni tashkil qilish vazifalari ham qo`yilgan”, - deydi DTM rahbari.






