“O`zbekiston havo yo`llari” MAK direksiyasida “Eyr Astana” rahbariyati bilan ikkitomonlama hamkorlikni kengaytirishga yo`naltirilgan uchrashuv o`tkazildi.
Muzokaralar chog`ida tomonlar turistik salohiyatni oshirish maqsadida O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida yo`lovchi tashishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek “Uzbekistan airways technics” aviakorxonasi negizida “Eyr Astana” AJning havo kemalariga texnik xizmat ko`rsatish hamda qozog`istonlik uchuvchilarning MAK trenajer majmuasida tayyorgarlik ko`rish masalalari ko`rib chiqildi.
Aviakompaniya vakillari uchrashuv yakunlari bo`yicha protokol imzolashdi. Toshkentdan Qozog`iston poytaxtiga reyslarni ko`paytirish, Qozog`iston shaharlaridan O`zbekistonning tarixiy shaharlariga yangi yo`nalishlarni ochish bo`yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o`tamiz, ayni damda “O`zbekiston havo yo`llari” va “Eyr Astana” Toshkent va Olmota o`rtasida haftasiga 6 marta, Ostonaga 2 marta parvoz amalga oshiriladi.