AsosiyJAMIYAT

Qurbon hayitida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi

Qurbon hayiti munosabati bilan hududlarga 28 ta qo‘shimcha aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi.

'Qurbon hayitida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi'ning rasmi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar soni oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qurbon hayiti arafasida Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus yo‘nalishlariga yana 28 ta qo‘shimcha aviareys tashkil etiladi.

25–31 may kunlari Uzbekistan Airways, Silk Avia va Centrum Air aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha qatnovlar orqali qariyb 9 ming yo‘lovchi manziliga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, bayram kunlari yo‘lovchilar oqimi oshgani sabab Toshkent avtovokzalidan ham qo‘shimcha 55 ta avtobus reysi yo‘lga qo‘yilgan.

    Boshqa yangiliklar