AsosiyJamiyat

PENSIYaMGA LOTERIYa QO`ShIB BERMANG

'PENSIYaMGA LOTERIYa QO`ShIB BERMANG'ning rasmi

Tahririyatimizga Xorazm viloyati Shovot tumani Bo`zqal`a MFYda yashovchi fuqaro Sharifboy Aknazarovning Xalq banki tomonidan tarqatilayotgan pensiyasidan 4-5-8 ming so`mgacha pul mablag`i ushlab qolinib, o`rniga loteriya berishayotganidan noroziligini bildirib murojaat etgan.

Pensionerning bu talabini aksiyadorlik tijorat Xalq banki Xorazm viloyati Shovot tumani filiali xodimlari qanday hal etishdi?

Mazkur bankning bir guruh tuman filiali xodimlari tomonidan da`vo yuzasidan murojaatchining uyiga borib suhbat o`tkazilganda, Aknazarov Sharifboy bobo turmush o`rtog`i Gavhar Nurmetova pensiya pullarini olayotganida Xalk bankining "Omad kulganda" pul-buyum yutuklari| lotereyasidan 4 donasini ihtiyoriy ravishda sotib olganligidan bexabar qolgani ma`lum bo`lgan.

TAHRIRIYaTimizga yo`llangan hamda ko`cha-kuyda quloqqa chalinayotgan xuddi shunday murojaatlarni hisobga olgan holda O`zbekiston Respublikasi AT Xalq banki raisi o`rinbosari v.v.b N.ABBOSOVning qo`yidagi izohini keltirib o`tishni lozim topdik.

  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 396-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Lotereyalar tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risida"gi Nizomda Lotereya — yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag`larini ixtiyoriylik asosida o`yin biletlarini tarqatish yo`li bilan jalb qilishni nazarda tutuvchi tavakkalchilikka asoslangan o`yin ekanligi ta`kidlagan.

Hurmatli nafaqa oluvchilar Xalq banki raisi o`rinbosarining izohida aytib o`tilganidek, agar siz loteriya sotib olishni ixtiyor etmasangiz, hech kim pensiyangizdan ushlab qolib, o`rniga loteriya berishga haqqi yo`q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar