AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA YIRIK YTH: 1 KIShI HALOK BO`LDI, 4 NAFARI JABRLANDI

'​TOShKENTDA YIRIK YTH: 1 KIShI HALOK BO`LDI, 4 NAFARI JABRLANDI'ning rasmi

Kuni kecha Toshkentda oqibati o`lim bilan yakun topgan yirik YTH sodir bo`ldi.

Yunusobod tumani Usto Shirin va Taxtapul-Darvozalari kesishmalarida ikkita Nexia rusumli avtomobil to`qnashib ketdi. Birinchi avtomobil Arxitektura instituti talabasi boshqaruvida bo`lib, u bilan birga mashinada yana uch nafar talaba bo`lgan.

Ikkinchi avtomobilni 62 yoshli erkak boshqargan bo`lib, orqa o`rindiqda uning 5 yoshar nevarasi o`tirgan. To`qnashuv oqibatida erkak voqea joyida halok bo`ldi, bola esa oyog`i sinish tashhisi bilan 7-shahar shifoxonasiga yotkizildi.

Birinchi Nexia’dagi talabalar engil tan jarohatlari bilan kasalxonaga yuborildi.

Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar