Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 12 oktyabridan 19 oktyabriga qadar hududda sodir etilgan 126 jinoyatning 110 tasi tezkor fosh etilgan. Hafta davomida qidiruvda bo`lgan 23 nafar shaxs ushlangan, deya ma`lum qildi O`zA.
Profilaktika inspektorlari Bekobod, Chirchiq shaharlari, Bo`ka, Yangiyo`l, Piskent tumanlarida o`tkazgan tadbirlarda fuqarolar tomonidan arzimas sabab tufayli bir-biriga og`ir tan jarohati etkazish holatlari uchrayotgani, bezorilik, o`g`rilik, firibgarlik va avtotransport vositasini olib qochish kabi jinoyatlar sodir etilayotgani aniqlandi.
Ushbu holatlarning oldini olish bo`yicha viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Angren shahar transport va xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejida “Ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish – muhim masala” mavzusida davra suhbati o`tkazdi. Unda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar qanday noxush oqibatlarga olib kelayotgani haqida o`quvchilarga ma`lumot berildi. Jinoyatlar oqibati tahlil qilinib, mavzuga doir film namoyish etildi.
19.10.2017 17:36
HAFTA DAVOMIDA QIDIRUVDA BO`LGAN 23 NAFAR ShAXS UShLANDI
