AsosiyJamiyat

​UChASTKA SOLIQ INSPEKTORLARI TERMINALLAR BILAN TA`MINLANADI

'​UChASTKA SOLIQ INSPEKTORLARI TERMINALLAR BILAN TA`MINLANADI'ning rasmi

2017 yil 16 oktyabrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy shaxslardan soliqlar yig`ishni amalga oshirish uchun uchastka soliq inspektorlarini to`lov terminallari bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.

2017 yilning 1 noyabrigacha joylardagi uchastka soliq inspektorlarini jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlari bo`yicha mablag`lar yig`ishni amalga oshirishlari uchun to`lov terminallari bilan ta`minlanishi belgilab qo`yildi.

Qaror bilan tijorat banklariga 2017 yilning 1 noyabrigacha O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga hududlardagi uchastka soliq inspektorlarini zamonaviy va ko`p funksiyali to`lov terminallari bilan ta`minlash uchun 2190 ta terminal ajratish vazifasi topshirildi.

Bu endilikda soliq to`lovchilarga yanada qulaylik yaratib, mol-mulk va er soliqlari uchun to`lovlarni davlat soliq inspeksiyalari yoki tijorat banklariga bormasdan bevosita uchastka soliq inspektorlariga terminal orqali to`lash imkoniyatini beradi.

    Boshqa yangiliklar