2017 yilning 17 oktyabr kuni Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 9-32 m/s tezlikda shamol bo`lganligi kuzatildi.
Kuchli shamol oqibatida ayrim ma`muriy binolar va uylarning tom qismlariga zarar etgan. Daraxt shoxlarining sinib tushishi sababli ba`zi fuqarolarning avtotransport vositalariga shikast etgan, avtomobil yo`llarida tirbandliklar yuzaga kelgan.
Poytaxtimiz Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr liniyalarining uzilishi tufayli elektr energiyasi ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo`lgan.
Daraxt shoxining sinib tushishi oqibatida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida istiqomat qilgan fuqaro G.I. turli darajada tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay u shifoxonada vafot etgan.
Mahalliy boshqaruv organlari, avariya-qutqaruv xizmatlari tomonidan yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha tezkor choralar ko`rildi.
Kuchli shamol oqibatida binolar konstruksiyasining shikastlanishi, fuqarolar tomonidan olingan jarohatlar to`g`risida ma`lumotlar aniqlangan taqdirda “1050”, shuningdek, 245-24-66, 245-24-77 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so`raymiz.