AsosiyJamiyat

​AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGA QABUL IMTIHONLARI BOShLANDI

'​AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGA QABUL IMTIHONLARI BOShLANDI'ning rasmi

2017 yilning 21-22 oktyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018 o`quv yili uchun 5-sinfga kirish imtihonlarini o`tkazadi. Bugun imtihonning ilk kuni bo`lib, mazkur jarayon Inha universitetida bo`lib o`tdi.

Ixtisoslashtirilgan maktab O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi qarori asosida tashkil etildi. Ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchilari davlat umumiy o`rta ta`lim standartlari asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o`zlashtirishadi. Maktabning nizomiga ko`ra, ta`lim o`zbek tilida olib boriladi.

Ushbu qarorni bajarish uchun ixtisoslashgan maktab 5-sinfda o`qish istagini bildirgan o`quvchilardan 16 oktyabr kuniga qadar hujjatlar qabul qildi.

Kirish imtihonlarida qatnashish uchun 190 nafarga yaqin o`quvchilar hujjat topshirishdi. Ular 21-22 oktyabr kunlari o`tkaziladigan kirish imtihonlaridan ishtirok etish huquqiga ega bo`ldilar.

20 oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab qabul komissiyasi va ota-onalar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjaev va komissiya a`zolari ota-onalarga imtihon qoidalari haqida ma`lumot berdilar.

Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Inha universitetida bo`lib o`tdi. Universitetda imtihon zali va ota-onalar uchun kutish hududi tayyorlandi.

Matematika bo`yicha imtihon 21 oktyabr kuni va ingliz tili bo`yicha imtihon 22 oktyabr kuni o`tkaziladi. Imtihon soat 10:00 da boshlanadi. Ishtirokchilarni ro`yxatga olish soat 9:00 boshlanadi. Imtihon 45 daqiqa davom etadi.

Matematika va ingliz tili fanlaridan imtihonlarni Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari o`tkazadilar. Imtihon davlat tilida o`tkaziladi.

Imtihonlarning ochiq va shaffofligini ta`minlash maqsadida universitet binosida ota-onalar kutish hududida imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish yo`lga qo`yiladi.

O`quvchilarning ota-onalari hamda barcha xohlovchilar universitetning “Facebook”dagihttps://www.facebook.com/inha.uz sahifasi orqali imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishdi.

Shu bilan birga imtihonlarning shaffofligini ta`minlash uchun bir guruh ota-onalar kuzatuvchi sifatida imtihon zaliga taklif etiladilar.

Kirish imtihonlari yakunlariga ko`ra, ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga 60 nafar o`quvchilar qabul qilinadi.



    Boshqa yangiliklar