AsosiyDunyo

Avstraliya barida arvoh shishalarni birmabir sindirmoqda(VIDEO)

Vesti.ru internet saytida xabar qilinishicha Sidneydagi spirtli ichimliklar sotiladigan do`konlarning birida  arvoh paydo bo`lgan.  Do`kon ma`muriyati sodir bo`lgan voqea  yuzasidan biror narsa deyishga ojiz ekanliklarini bildirishgan. Gap shundaki, bardagi  shisha idishlar o`z-o`zidan erga tushib sinayapti, suv jo`mragi esa garchi atrofida hech kim bo`lmasa ham yoqilmoqda.  Video tasvirda Carlisle Castle barida sodir bo`lgan g`ayrioddiy  hodisa tasvirga tushirilgan.



Video xabarda bar xodimi shisha turgan polkaga tegmay o`tadi. Ammo ikki shisha vino g`ayrioddiy ravishda o`zidan- o`zi erga qulaydi.  Aytish lozimki, shisha idishlarning sirli holatda sinishi bar xo`jayiniga zarar keltirayotgani aniq.  Tasvirda aks etgan vino shishalari barga 27 AQSh dollari miqdorida zarar keltirgan. 

    Boshqa yangiliklar