1

BEKATDAGI O`G`RILIK FOSh QILINDI

Jinoyat 23.10.2017, 14:19
BEKATDAGI O`G`RILIK FOSh QILINDI

2017 yilning 21 oktyabr kuni taxminan soat 08:00 larda, Cherepovskaya Svetlana Viktorovna, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumanida joylashgan bekatda, fuqaro Olimova Nargiza Muslimovna chalg`iganligidan foydalanib, uning sumkasidan 800.000 so`m miqdoridagi pullarini o`g`irlagan.

Mazkur holat yuzasidan, Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o`g`irlik, ya`ni jabrlanuvchinig sumkasidan mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (kissavurlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1