AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV AFG`ONISTON PREZIDENTIGA TA`ZIYa IZHOR ETDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV AFG`ONISTON PREZIDENTIGA TA`ZIYa IZHOR ETDI'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`aniga Kobul shahrida va G`ur viloyatida ro`y bergan bir necha qabih terrorchilik xurujlar natijasida ko`plab insonlarning halok bo`lgani munosabati bilan ta`ziya maktubini yo`lladi.

Maktubda quyidagi so`zlar bitilgan:

“Afg`onistonning poytaxti Kobul shahrida va G`ur viloyatida ro`y bergan bir necha qabih terrorchilik xurujlar natijasida ko`plab insonlarning halok bo`lgani haqidagi xabar bizni chuqur qayg`uga soldi. Ushbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga hamda marhumlarning yaqinlariga samimiy ta`ziya va hamdardlik izhor etamiz. Olloh subhonahu va taolodan ularga sabr-toqat va bardamlik, jarohatlanganlarga esa shifo ato etishini so`rab qolamiz.”

    Boshqa yangiliklar