23 oktyabr kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to`g`risida farmon imzoladi.
Farmonda 35 nafar xodim II darajali «Shon-sharaf», «Do`stlik», «Mardlik» ordenlari, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» hamda «Shuhrat» medallari bilan taqdirlangan. Taqdirlanganlar orasida sohaning ikki nafar marhum xodimi bor.
Mukofotlar xodimlarning mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta`minlash borasidagi ko`p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarimizni himoya qilishda mardlik va jasorat ko`rsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo`shgan munosib hissasi uchun topshiriladi.
Mukofotlanganlar ro`yxati O`zAda keltirildi.





