Javohir Sindorov Buxarestda o‘tgan turnirda 42,5 ming dollar mukofot pulni qo‘lga kiritdi.
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida 14–23 may kunlari o‘tkazilgan Super Chess Classic Romania turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov munosib ishtirok etib, 3-o‘rinni egalladi.
U musobaqani 5 ochko bilan yakunlab, kuchli uchlikka kirdi va 42 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulga sazovor bo‘ldi.
Turnirda amerikalik Uesli So ham 5 ochko to‘plab, xuddi shunday mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 6 ochko jamg‘argan germaniyalik Vinsent Keymer birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 5,5 ochko bilan amerikalik Fabiano Karuana ikkinchi bo‘ldi.
Javohir Sindorov esa kuchli raqiblar qatorida sovrindorlar safidan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, u joriy yil aprel oyida Kiprning Pafos shahrida o‘tgan FIDE Nomzodlar turnirida ham g‘olib chiqqan edi.






