1

XORAZMDA TA`MAGIR ShIFOKOR FOSh ETILDI

Jinoyat 24.10.2017, 15:50
XORAZMDA TA`MAGIR ShIFOKOR FOSh ETILDI

Bu haqda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma`lum qilgan

Viloyat ichki ishlar boshqarmasining xorazm-iib.uz sayti ma`lumotlariga ko`ra, Xorazm viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida psixiatr bo`lib ishlovchi 1988 yilda tug`ilgan A.D. ham qaysidir ma`noda o`z sohasining bilimdoni, shu sababli uni shu dispanserning bo`limlaridan biriga vaqtinchalik mudir etib tayinlashdi. Ammo u o`ziga bildirilgan ishonchni suiste`mol qilib, shifoxonada davolanayotgan bemorning turmush o`rtog`idan 400 000 so`m pul berishini talab qildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, 2017 yil 6 oktyabr kuni fuqaro B.Abdullaevadan talab qilingan miqdordagi pulni olayotgan ta`magirning qilmishi fosh etildi.

O`zining noqonuniy ishi bilan egnidagi oq xalatiga “qora dog`” tushirgan shifokorga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1