1

​19 MLN. SO`MDAN ORTIQ TAYINLANGAN NAFAQA PULLARINI TALON-TAROJ QILGAN MFY MANSABDORLARI FOSh ETILDI

Jinoyat 24.10.2017, 17:20
​19 MLN. SO`MDAN ORTIQ TAYINLANGAN NAFAQA PULLARINI TALON-TAROJ QILGAN MFY MANSABDORLARI FOSh ETILDI

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sangzor.uz saytiga ma`lum qilishicha, Sharof Rashidov tumani prokuraturasi MFY mansabdorlariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi, 2-qismi "v,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atgan.

Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tekshiruv davomida aniqlangan holatlarga ko`ra, "Kuyovboshi" mahalla fuqarolar yig`ini (MFY) mansabdor shaxslari tomonidan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to`lash tartibi qo`pol tarzda buzilgan. Fuqarolarga ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi uchun asossiz ravishda 2016 yil avgustdan 2017 yil iyul oyiga qadar jami 19 356 811 so`m miqdorda nafaqa pullari tayinlanib, ushbu pullar o`z manfaatlari yo`lida ishlatilgan va talon-tarojga yo`l qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1