05.02.2014 14:43
Amerikalik qiz plastik jarrohlikdan so`ng nogiron bo`lib qoldi
19 yoshli Linda Peres o`sha operasiyadan so`ng miyasi lat egan va koma holatiga tushgan. Bir yildan beri Linda yura olmaydi va o`zini parvarish qilishga ham qodir emas. Omadsiz qizning onasi uni to`liq tiklanib ketishiga umid qilmoqda, ammo shifokorlar Lindani qachon to`liq tuzalib ketishini ayta olishmayapti.
Lindaning 4 yoshli farzandi bor, ular hozir onasining o`yida yashashmoqda. Jarrohlik amaliyoti uning ko`kragiga qilingan, ammo oqibatda uning miyasi lat egan. Operasiya o`tkazilgan klinikadigilarning aytishicha, narkoz oqibatida uning yurak urishi sekinlashib ketgan. Shundan so`ng uni tezda reanimasiyaga jo`natishgan. Linda bir necha hafta koma holatida bo`lib, o`tgan yilning noyabr oyida uyiga qaytgan. U juda ozib ketgan, yurish va gapirish qobiyati butkul yo`qolgan.
Qizning ota-onasi operasiya o`tkazilgan klinika ustidan shikoyat qilib sudga berishdi. Endi klinika Peres hamda uning o`g`lini o`z qaramog`iga olishi kerak. Florida shtati departamenti operasiyani o`tkazgan shifokor Jeykob Fraymen eng malakali va professional shifokorligini, bu esa uning faoliyatidagi ilk omadsizlik ekanligini ta`kidladi.
Shifokorning aytishicha, unga Peres tug`ruq paytida anesteziyani boshidan o`tkazganini aytmagan, oqibatda anesteziolog Mario Alberto Dias aybdor deb topilgan. U 30 oy qamoq va 2 yil muddatli sinovga hukm qilingan.