08.02.2014 17:00
«Lokomotiv» – «Quvayt SK» uchrashuvi 9 fevralga qo`chirildi
8 fevral kuni soat 15:00da boshlanishi belgilangan «Lokomotiv» – «Quvayt sport klub» uchrashuvi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqa muddatga ko`chirildi. Match komissari, butanlik Dorji Minduning qaroriga ko`ra mazkur o`yin ertaga, ya`ni 9 fevral soat 14:00da «Paxtakor» markaziy stadionida boshlanadi.