1

QO`ShMAChI AYoL QO`LGA OLINDI

Jinoyat 02.11.2017, 17:07
QO`ShMAChI AYoL QO`LGA OLINDI

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Toshkent tumanida joylashgan “Qoplonbek” YPH maskanida 4 ayolni fohisha sifatida ishlatish maqsadida Qozog`iston Respublikasi orqali Turkiya davlatining Istanbul shahriga yubormoqchi bo`lgan ayol ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “b,e” bandlari (odam savdosi, ya`ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ikki yoki undan ortiq shaxslarni ulardan foydalanish maqsadida yollash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Jinoyatning og`irlilik darajasini inobatga olgan holda D.I.Hamrabaevaga (1966 yilda tug`ilgan) nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanmoqda.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, D.I.Hamrabaevaning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchilarning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1