AsosiyJamiyat

ISLOM KARIMOV ASARLARI BILIMDONLARI

'ISLOM KARIMOV ASARLARI BILIMDONLARI'ning rasmi
“INFOLIB-2017» VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” tanlovi bo`lib o`tdi
Tanlovda viloyat bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritgan axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar.

Mazkur tanlov Birinchi Prezidentimiz asarlarini keng targ`ib etish, ular tomonidan vatan manfaati, xalq farovonligi yo`lida amalga oshirilgan ulug`vor ishlar bilan aholi, ayniqsa yoshlarni yaqindan tanishtirish, shuningdek, vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyat, an`analarga sodiq, yuksak ma`naviyatli avlodni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov ishtirokchilari uch shart bo`yicha aniqlandi. Natijalari bo`yicha quyidagilar g`olib deb e`lon qilindi:

1 o`rin - Kojaxmetov Seytkasm Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus tumani 1-son maktab ARM mutaxassisi

2 o`rin - Zoyirova Sayyora Navoiy viloyati Zarafshon shaxridagi 6-maktab ARM kutubxonachisi

3-o`rin - Nabieva Sevara Andijon viloyati AKM xizmat ko`rsatish bo`limining 1-toifali mutaxassisi

Tanlov g`oliblariga diplomlar, sertifikatlar, qimmatli sovrinlar va O`zbekiston Milliy kutubxonasining esdalik sovg`alari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar