AsosiyJamiyat

2017 YILNING 9 OYIDA ​DAROMADLAR QANChA BO`LDI, XARAJATLAR-ChI?

'2017 YILNING 9 OYIDA ​DAROMADLAR QANChA BO`LDI, XARAJATLAR-ChI?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarining 2017 yilning to`qqiz oyligidagi ijrosi to`g`risida”gi hisobot, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig`ilishida dastlabki tarzda atroflicha ko`rib chiqildi.

Fraksiya a`zolari hisobotni muhokama qilar ekanlar, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirilgan ishlar, xususan Davlat dasturi doirasida qariyalar va nogironlar sanatoriyalari hamda internat uylari uchun 65 mlrd. so`m, nogironlar reabilitasiya markazlariga 14,2 mlrd. so`m ajratilganligi va ushbu mablag`larning samarasi sifatida 85 mingdan ortiq fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatilganligini alohida e`tirof etdilar.

O`z navbatida, davlat byudjetining daromadlari 35 589,5 mlrd. so`mni, xarajatlari esa 35 400,4 mlrd. so`mni, ya`ni yalpi ichki mahsulotga nisbatan 20,8 foizni tashkil qildi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2017 yil 9 oyligi ijrosi muhokamasida partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, fraksiya a`zolari tomonidan muhokamalar davomida bir qator savol va takliflar berildi. Xususan, “Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarining 2017 yilni yarim yillik ijrosi to`g`risida”gi hisobotiga ko`ra, yolg`iz keksa, pensioner va nogironlar uchun 1625 ta nogironlar aravachasi, 303 ta eshitish moslamasi, 1167 ta xassa va 820 juft qo`ltiq-tayoqlar etkazilganligi haqida ma`lumot berilgan edi. Fraksiya a`zolarining hududlardagi faoliyati jarayonida nogironlar aravachasining sifatsizligi yoki eshitish moslamalarining alohida yoshlarga mo`ljallanmagani haqida e`tirozlar bo`ldi. Shundan kelib chiqib, fraksiya a`zolari Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag`lar sifatsiz mahsulotlar harid qilishga sarflanishining oldini olish va nazorat qilish borasida ko`rilayotgan choralar bilan qiziqdilar.

Shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi yuzasidan berilayotgan hisobotda reja va ijro bo`yicha amalga oshirilgan ishlarni aniq faktlar asosida keltirish taklif etildi.

Konstruktiv ruhda o`tgan qizg`in muhokamalardan so`ng, O`zbekiston XDP fraksiyasi tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarining 2017 yilning to`qqiz oyligidagi ijrosi to`g`risida”gi hisobot to`liq qo`llab-quvvatlandi.

    Boshqa yangiliklar