Samarqandda 130 o`rinli mehmonxona majmuasi barpo etiladi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati.
Ushbu ob`ekt qurilishiga Turkiyaning "APEAS Engineering & Construction" kompaniyasi tomonidan 20 million dollar miqdoridagi mablag` ajratiladi.
«APEAS Engineering&Construction» turk kompaniyasining boshlig`i Yusuf K.Taymaz Samarqand viloyati hokimi bilan uchrashib bu borada muzokara olib bordi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga davlat tashrifini amalga oshirdi. Muzokaralar natijasida ikki mamlakat orasida 26 ta muhim shartnomalar imzolandi. Savdo, sanoat, bank-moliya, investisiya, turizm, yuk tashish, sog`liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar qabul qilindi.







