Olmaliq shahar FVB navbatchi dispetcheriga Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro E.Q tomonidan murojaat kelib tushdi. Unga ko`ra homilador bo`lgan turmush o`rtog`i uy ichida qolib, bir necha soat davomida eshikni ochmaganligi va telefon qo`ng`iroqlariga ham javob bermaganligi ma`lum qilingan.
Olmaliq shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga tezkorlik bilan etib borishdi. Maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida uyning eshigini ochib ichkariga kirishganda fuqaro N.U. xonadon ichida behush holda ekanligi aniqlandi.
Ma`lum bo`lishicha, jabrlanuvchi xonadon ichida yiqilib, hushidan ketgan va chap qo`lining tirsak qismi chiqqan.
Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatildi va fuqaro zudlik bilan shifoxonaga jo`natildi.
04.11.2017 12:23
HOMILADOR AYoL QUTQARIB OLINDI






