AsosiyJamiyat

HUQUQLARINGIZ BUZILSA, ADLIYa ORGANLARIGA MUROJAAT QILING

'HUQUQLARINGIZ BUZILSA, ADLIYa ORGANLARIGA MUROJAAT QILING 'ning rasmi

Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri bu tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning murojaatlari alohida nazoratga olinib, ko`rib chiqilishi ta`minlanadi.

Jumladan, adliya organlariga joriy yilning 9 oyi davomida tadbirkorlik sub`ektlaridan 4650 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ularning 3630 tasi ko`rib chiqildi va 1582 tasi (34%) qanoatlantirildi. 2415 tasiga (52%) tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi va qolganlari ko`rib chiqilmoqda.

Shuningdek, bu davrda adliya organlarida tashkil etilgan “Ishonch telefoni”ga tadbirkorlik sub`ektlaridan 500 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, ularning 395 tasi ko`rib chiqilib hal etildi, shundan 255 tasi (51%) qanoatlantirildi va 128 tasiga (25%) huquqiy tushuntirish berildi.

Adliya organlari tomonidan murojaatlarni o`rganish natijasi bo`yicha kiritilgan 220 ta taqdimnomalarga asosan 112 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shu jumladan 13 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 13 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi. 30 nafar shaxslar ma`muriy javobgarlikka tortildi. Tadbirkorlar manfaatlarini ko`zlab sudlarga jami 11,8 mlrd. so`mdan ortiq mablag` undirish yuzasidan 101 ta da`vo arizalari kiritildi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Qonun bilan qo`riqlanadigan huquqlaringiz buzilsa, adliya organlariga murojaat qiling.

Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”: 1008, 0371-200-02-08

    Boshqa yangiliklar