​33 MILLIONLIK ATTORLIK BUYuMLARI O`G`RILANDI

Jinoyat 04.11.2017, 18:49
​33 MILLIONLIK ATTORLIK  BUYuMLARI O`G`RILANDI

2017 yilning 1 noyabrdan 2 noyabrga o`tar kechasi, Tojiboev Rixsiboy Yaxyo o`g`li, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumani hududida joylashgan parfyumeriya buyumlari do`koni eshigi qulfini kalit tanlash yo`li bilan ochgan holda g`ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro Toxirov Sarvar Shakirovichga tegishli bo`lgan jami baxosi 33.452.000 so`mlik mol-mulkini o`g`irlab, jinoyat joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (o`g`irlik, ya`ni ancha miqdorda, omborxona va boshqa xonaga g`ayriqonuniy ravishda kirib, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1