AsosiyDUNYO

Frantsiya Isroil vaziri Ben-Gvirga kirishni taqiqladi

Bu qaror uning “Global Sumud Flotilla” faollariga nisbatan qilgan masxaraomuz harakatlari ortidan qabul qilingan.

'Frantsiya Isroil vaziri Ben-Gvirga kirishni taqiqladi'ning rasmi

Fransiya Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi. Bu qaror uning “Global Sumud Flotilla” faollariga nisbatan qilgan masxaraomuz harakatlari ortidan qabul qilingan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

 Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barroning bildirishicha, Ben-Gvir Fransiya va Yevropa fuqarolariga nisbatan “qabih munosabat” namoyon qilgan. Shu sababli unga Fransiyaga kirish taqiqlangan.

Avvalroq Isroil vaziri ijtimoiy tarmoqlarda Ashdod portida qo‘lga olingan faollar ustidan kulayotgan videosini e’lon qilgan edi. Videoda qo‘llari kishanlangan va ko‘zlari bog‘langan faollar aks etgan. 

Hodisadan so‘ng Fransiya, Italiya, Ispaniya, Kanada va Niderlandiya Isroil elchilarini chaqirib, voqeani qoraladi. Fransiya Yevropa Ittifoqini ham Ben-Gvirga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar