Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri bu tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning murojaatlari alohida nazoratga olinib, ko`rib chiqilishi ta`minlanmoqda.
Shu yil hozirgi kunga qadar adliya organlarida tadbirkorlik sub`ektlarining 1582 tasi murojaati qanoatlantirildi.
Adliya organlari “Ishonch telefoni”ga tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushgan 255 ta murojaat qanoatlantirildi va 128 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Shuningdek, murojaatlarni o`rganish natijasi bo`yicha Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi “Huquqiy axborot” kanali taqdim etayotgan ma`lumotlarga ko`ra:
- 112 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shu jumladan 13 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi;
- 30 nafar shaxslar ma`muriy javobgarlikka tortildi.
- 13 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi.
Adliya organlari tomonidan tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo`yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar!
Qonun bilan qo`riqlanadigan huquqlaringiz buzilsa, adliya organlariga murojaat qiling.
Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”: 1008, (0371) 200-02-08