AsosiyDUNYO

AQSh Eron bilan muzokaralarda Isroil ishtirokini chekladi

Tramp Isroilni yaqin ittifoqchi sifatida ko‘rsa-da, Eron bilan muzokaralarda ikkinchi darajali ishtirokchi sifatida baholamoqda.

'AQSh Eron bilan muzokaralarda Isroil ishtirokini chekladi'ning rasmi

AQSh ma'muriyati Isroilni Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar jarayonidan amalda chetlatgan. Bu haqda The New York Times Tel-Avivdagi manbalarga tayanib xabar berdi. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.

Nashrga ko'ra, Isroil rasmiylari Vashington va Tehron o'rtasidagi muzokaralar haqida yetarli ma'lumot olmayapti va muhim tafsilotlarni diplomatik manbalar orqali yig'ishga majbur bo'lmoqda.

Amerikalik mansabdorlarga ko'ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilni yaqin ittifoqchi sifatida ko'rsa-da, Eron bilan muzokaralarda uni teng huquqli sherik sifatida emas, balki ikkinchi darajali ishtirokchi sifatida baholamoqda.

Tahlilchilar fikricha, bu holat Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uchun siyosiy jihatdan salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, ayniqsa uning saylovoldi davrida.

Shu bilan birga, AQSh va Eron o'rtasidagi diplomatik aloqalar faollashgani aytilib, ayrim nashrlar Vashingtonning muzokaralar bilan bir qatorda harbiy variantlarni ham ko'rib chiqayotganini ma'lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar