1

Toshkentda yaxmalak bo`lib yotgan hududlar umuhashar yo`li bilan tozalanadi

Jamiyat 14.02.2014, 12:50
Toshkentda yaxmalak bo`lib yotgan hududlar umuhashar yo`li bilan tozalanadi
Fevral o`lkamiz uchun noodatiy tarzda sovuq keldi. Haroratning keskin pasayib ketishi, katta miqdorda bo`lib o`tgan yog`ingarchiliklar, shak-shubhasiz, poytaxtning xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlari, hokimliklar oldiga qator kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqardi. 

Gaz va elektr ta`minotidagi ehtiyojning bir necha barobar ortib ketishi, yo`llarning muzlashi va hokazo masalalar albatta bu xizmatlarning uzluksiz va katta mas`uliyat bilan ishlashiga olib keldi. Ayni kunlarda ob-havo haroratida biroz engillik yuzaga kelgandek. Ammo Toshkentning ko`plab ko`chalari, ayniqsa oftob tushmaydigan joylarda hali yaxmalak bo`lib yotgan hududlar etarli. 

Mana shu holatdan kelib chiqib shahar hokimning farmoyishi e`lon qilinib 15-16 fevral kunlari umumshahar shanbaligini tashkil etishga qaror qilindi, deya [url=http://toshkent.uz/uz/news/inside/8156]xabar beradi Toshkent shahar hokmiyati matbuot xizmati.

Farmoyishga ko`ra, poytaxtdagi o`rganib chiqilgan 63 ta ko`chaga alohida e`tibor qaratilgan holda yo`llardagi muz qoplagan joylarni, shuningdek,  hali olib ketishga ulgurilmagan qor uyumlarini olib chiqish, yo`llarda qorning tezroq erishi uchun tuz-qum aralashmasi sepish ishlarini amalga oshirish vazifasi yuklatilmoqda. Farmoyishda shahardagi savdo, maishiy xizmat ko`rsatish va umumiy ovqatlanish shoxobchalari atrof-hududlarini, bozorlarning kirish qismlarini qordan tozalash ishlarini tashkil etish ham belgilangan. Qor uyumlari va chiqindilarni olib chiqib ketish uchun qo`shimcha transport vositalari jalb etilib, bu ish tizimli ravishda tashkil etiladi.

Hasharda mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha korxona va tashkilotlarning faol ishtiroki ko`zda tutilgan. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishga tuman hokimlari hamda mahallalar raislariga mas`uliyat yuklangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1