AsosiyJamiyat

JIZZAX QO`G`IRChOQ TEATRIDA “KAShMIR QO`ShIG`I” ASARI SAHNALAShTIRILDI

'JIZZAX QO`G`IRChOQ TEATRIDA “KAShMIR QO`ShIG`I” ASARI SAHNALAShTIRILDI'ning rasmi

JIZZAX VILOYaTI QO`G`IRChOQ TEATRIDA ATOQLI DAVLAT ARBOBI VA YoZUVChI ShAROF RAShIDOV TAVALLUDINING 100 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “KAShMIR QO`ShIG`I” ASARI SAHNALAShTIRILDI.

Sharof Rashidov qalamiga mansub “Kashmir qo`shig`i” qissasi tabiatning jonlanishi, hayotning kurashdan iborat tabiiy harakati mahorat bilan tasvirlangan asarlardan biridir. Ko`hna hind diyori afsonasi asosida yaratilgan asarda Kashmir va Jammu xalqlarining boy o`tmishi, yurt ozodligi va mustaqilligi yo`lidagi qahramonona kurashlari tabiat timsollarida aks ettirilgan. Teatr ijodiy jamoasi asardagi bu ezgu g`oyalarni qo`g`irchoqlar harakati orqali o`ziga xos badiiy talqin etib, bolalar qalbiga etkazishga harakat qildi. Yangi sahna asarining taqdimot marosimida teatr mutaxassislari, adabiyotshunoslar, pedagoglar ishtirok etib, uning rejissurasi va ijrosi haqida so`z yuritdi. Qissa mazmuni, ezgu g`oyasi uning qahramonlari – asalarilar shohi – Bambur, gullar malikasi – Nargiz, yovuz, emiruvchi kuch – Bo`ron, ziroat zararkunandasi – Xorud o`rtasidagi kurash qo`g`irchoqlar orqali qiziqarli, bolalar ruhiy dunyosiga mos talqin etilgani barchada katta taassurot qoldirdi.

    Boshqa yangiliklar