OLMA-OTA VA OSTONA ShAHARLARIGA QO`ShIMChA REYSLAR YO`LGA QO`YILADI
Parvozlar A-320 samolyotlarida amalga oshiriladi. “O`zbekiston havo yo`llari” MAK Qozog`iston Respublikasining qator shaharlariga yangi aviaparvozlarni yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda MAK Axborot xizmati xabar bermoqda. Joriy yil 4 dekabrdan boshlab Toshkent–Olma-Ota–Toshkent yo`nalishida reyslar jadvali quyidagicha:
Dushanba kuni HY-765 reysi Toshkentdan 15:10 da jo`nab, Olma-Otaga 17:40 da etib boradi.
Dushanba kuni HY-766 reysi Olma-Otadan 18:40 da parvozga chiqib, 19:20 da Toshkentga etib keladi.
2018 yil 4 martdan esa Toshkent–Ostona–Toshkent yo`nalishida yangi reyslar yo`lga qo`yiladi. Parvoz jadvali quyidagicha:
Yakshanba kuni HY-721 reysi Toshkentdan 18:10 da jo`nab, Ostonaga 21:10 da etib boradi.
Yakshanba kuni HY-722 reysi Ostonadan 22:10 da parvoz qilib, Toshkentga 23:10 da etib keladi.
Reys vaqtlari mahalliy vaqt bilan ko`rsatilgan. Parvozlar A-320 samolyotlarida amalga oshiriladi.






