AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONNING YaIM O`TGAN YILNING MOS DAVRIGA NISBATAN 5,3 FOIZGA O`SDI

'O`ZBEKISTONNING YaIM O`TGAN YILNING MOS DAVRIGA NISBATAN 5,3 FOIZGA O`SDI'ning rasmi

O`ZBEKISTONNING YaIM O`TGAN YILNING MOS DAVRIGA NISBATAN 5,3 FOIZGA O`SDI

Davlat statistika qo`mitasining 2017 yilning yanvar-sentyabr oylaridagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bo`yicha hisobotida aytilishicha, O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot joriy narxlarda 170 074,8 millard so`mni tashkil etdi. YaIMning o`sish sur`ati o`tgan yilning mos davriga nisbatan 105,3 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan o`sish sur`atlari YaIM o`sishida asosiy omil bo`lib xizmat qildi. Jumladan, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi tarmog`ining o`sish sur`ati 103,5 foiz, (YaIM tarkibidagi ulushi – 16,9 foiz), sanoat – 104,1 foiz (25,0 foiz), qurilish – 105,3 foiz (7,4 foiz), savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar – 106,5 foiz (11,6 foiz), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 107,3 foiz (13,1 foiz) va xizmat ko`rsatuvchi boshqa tarmoqlar – 106,0 foiz (26,0 foiz) ni tashkil qildi.

2017 yilning yanvar–sentyabrda YaIM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 50,7 foizni tashkil qildi, bu esa 2016 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 0,6 punktga kamdir (51,3 foiz). Jumladan, tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari 0,6 punktga kamaydi va hisobot davrida 13,1 foizni tashkil qildi. Savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar ulushi 0,5 punktga oshdi va 11,6 foizni tashkil qildi, xizmat ko`rsatuvchi boshqa tarmoqlar ulushi 2016 yil yanvar–sentyabrdagi 26,5 foizdan 2017 yil yanvar-sentyabrda 26,0 foizga tushdi.

Mulkchilik shakllari bo`yicha YaIM umumiy hajmining 80,3 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektoriga, 19,7 foizi – davlat sektoriga to`g`ri keldi.

    Boshqa yangiliklar