AsosiyJamiyat

​RESPUBLIKA VA XALQARO TANLOVLAR VA MUSOBAQALARINING G`OLIBLARI TALABALIKKA IMTIHONSIZ QABUL QILINADI

'​RESPUBLIKA VA XALQARO  TANLOVLAR VA MUSOBAQALARINING G`OLIBLARI TALABALIKKA IMTIHONSIZ QABUL QILINADI'ning rasmi

Endilikda xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda 1-3 o`rinni egallagan o`quvchilar oliy ta`lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi...

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 noyabrdagi 892-sonli qaroriga muvofiq, Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g`oliblari bo`lgan akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari o`quvchilarini taqdirlash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Unga ko`ra, Respublika (1-o`rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning, xususan Olimpiya o`yinlari, Osiyo o`yinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatining individual turlarida g`olib chiqqan (1-3 o`rinlar) akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo`shimcha imtihonlarsiz qabul qilinishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar